Germaniya, Portugaliya, Franciya, Belgiya, SHotlandiya, Ispaniya, Turkiya, Avstriya, Angliya, Vengriya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, SHveycariya, Niderlandiya, Ruminiya, Serbiya, Italiya, Sloveniya va CHexiya musobaqaning final bosqichiga yo'l oldi.
Turnirga yana bir to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma Xorvatiya va Uels terma jamoalari kurash olib borayotgan “D” guruhida o'ynaladi. Evro-2024da qolgan uchta o'rin Millatlar ligasi pley-off bosqichi orqali taqsimlanadi.
2024 yilning 21-26 mart kunlari oltita yarim final, undan so'ng uchta final o'tkaziladi, bu o'yinlarning g'oliblari 24 jamoadan iborat final turniri ishtirokchilari ro'yxatini to'ldiradi.