SportUz.Net
photo photo

Sloveniya to'g'ridan-to'g'ri Evroga yo'l oldi, Qozog'iston pley-offda qatnashadi

21.11.2023 08:23    


Rasmni yuklab olish

Sloveniya hamda Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Evro-2024 chiptasi o'ynaldi.

Guruh bosqichining 10-turidan o'rin olgan ushbu bahs Evro-2024`ga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladigan jamoa nomini aniqlab berishi kerak edi. Yon qo'shnilarimiz tarixiy natijaga erishishlari uchun faqat g'alaba qozonishlari shart edi. O'yinning 86-daqiqasida Verbich tomonidan kiritilgan gol Sloveniyaga Evro-2024 chiptasini taqdim etdi. Uchinchi o'rinni egallagan Qozog'iston pley-off o'yinlarida qatnashadi.


Sloveniya – Qozog'iston 2:1 (1:0, 1:1)

"Stojice" stadioni

Gollar: 1:0 – 41, penalti SHeshko, 1:1 – 48 Orazov, 2:1 – 86 Verbich.

Sloveniya – Oblak, Stoyanovich (Gorenc-Stankovich, 90), Karnichnik, Blajich, Biyol, Yanja (Drkushich, 87), Gnezda-CHerin, Elshnik, SHporar (Kurtich, 87), SHeshko, Mlakar (Verbich, 72).

Qozog'iston – SHackiy, Bystrov, Malyy, Marochkin, Alip, Vorogovskiy, CHesnokov (Sviridov, 81), Beysebekov (Tapalov, 82), Orazov, Kuat (Kenesov, 64), Samorodov (Aymbetov, 90).

Ogohlantirishlar: Vorogovskiy (40), Kuat (61), Malyy (79), Verbich (86), Alip (90).


TURNIR JADVALI



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: