Eronlikka "Atalanta" qiziqish bildirmoqda, Bergamo klubi uni Luis Muriel va Duvan Sapataga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Kolumbiyaliklardan biri tez orada klubni tark etadi.
Qayd etish kerakki, "Atalanta" Azmun uchun 20 million evro miqdorida mablag' to'lashga tayyor.
26 yoshli hujumchi joriy mavsum RPL doirasida "Zenit" libosida 23ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta assist qayd etdi. Azmunning piterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.