SportUz.Net
photo photo

Evropa ligasi. Kutilganidek "Manchester Yunayted" finalda!

07.05.2021 04:25    


Rasmni yuklab olish

Evropa ligasining yarim finalidan o'rin olgan "Roma" - "Manchester Yunayted" bahsida darvozalarga jami 5 ta gol kiritildi.

Dastlabki uchrashuvda yirik 6:2 hisobida zafar quchgan "Qizil iblislar" Rimda kechgan javob o'yinida bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchrashdi - 2:3. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Manchester Yunayted" finalga yo'l oldi.

Roma Italiya – Manchester Yunayted Angliya 3:2

Gollar: Kavani (39, 0:1), Jeko (57, 1:1), Kristante (60, 2:1), Kavani (68, 2:2), Zalevski (83, 3:2).

Roma – Mirante, Karsdorp, Bruno Peres (Santon, 69), Smolling (Darbo, 30), Manchini, Pellegrini, Kristante, Pedro (Zalevski, 76), Mxitaryan, Rojer, Jeko (Mayoral, 76).

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Uilyams, 46), Bayi, Maguayr, SHou (Telles, 46), Fred, Brunu Fernandesh (Mata, 84), van de Bek, Pogba (Matich, 64), Kavani (Reshford, 73), Grinvud.

Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (18), Fred (58), Karsdorp (72), Kavani (72), Kristante (84), Uilyams (90+3).

Dastlabki uchrashuv - 2:6




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: