Malumotlarga qaraganda, mamlakat futbol Federaciyasi rahbariyati SHtefan Kunc bilan xayrlashishga qaror qilgan va bu haqida mutaxassisni ogohlantirishga ham ulgurgan. Takidlanishicha, yangilikdan faqatgina bosh murabbiy xabardor etilgan, uning shtabiga esa bu malumot hozircha etkazilmagan. Aytishlaricha, Evro-2024 saralashining oktyabr oyidagi keyingi o'yiniga (Xorvatiyaga qarshi) jamoani Kuncning assistenti Kenan Kochak boshlab tushishi mumkin.
Xabar berishlaricha, agar yangi murabbiy tanlovida mahalliy mutxassislardan biri tanlanadigan bo'lsa, bu rolga asosiy nomzod Abdulla Avchi bo'ladi. Agarda chet ellik murabbiy haqida gap ketadigan bo'lsa, asosiy variant Yoaxim Lyov. Mashhur mutaxassis 2006 - 2021 yillar oralig'ida Germaniya terma jamoasini boshqarganidan xabaringiz bor.
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum