SportUz.Net

photo photo

Klopp: "Liverpul" MYUni yutishi shart. Aks holda..."

01.05.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp APL 34-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan fikrlarini bildirdi.

- "Liverpul" "Old Trafford"da g'alaba qozonishi kerakmi?

- SHart. Agar biz g'alaba qozonmasak, evrokuboklar uchun imkoniyatni yo'qotamiz.

- "Manchester Yunayted"ning holati haqida nima deya olasiz?

- Qachonki sen har hafta payshanba va shanba kunlari o'ynayversang, bunga ko'nikasan. Lekin, bu narsa yordam bermaydi. Bu ular uchun qiyin chaqiruv. Ular juma va shanba kunlari tiklanishadi, keyin esa yana maydonga tushishadi. Ularda taktik o'zgartirishlar kiritishga imkon yo'q. Ular hozir o'zgarishlar qilishmoqchi deb o'ylamayman.

Bizni qiyin bahs kutmoqda. MYUning "Roma"ga qarshi o'yinini ko'rdik, ular juda yaxshi edilar. Ayniqsa, ularga o'ynash uchun imkon berishganida. Ular butun maydon bo'ylab uchishdi.

Aminmanki, ular hamon APLni yutish uchun imkonimiz bor deb hisoblaydilar. Har ikki jamoa uchun g'alaba juda zarur. Bu esa ajoyib o'yin uchun yaxshi masalliq.


Eslatib o'tamiz, ertaga "Liverpul" jamoasi "Manchester Yunayted"ga qarshi mehmonda bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: