SportUz.Net
photo photo

Zidan "Real"da jarohatlar ko'payib ketgani haqida gapirdi

01.05.2021 10:50    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi jarohatlar haqida gapirdi.

"Bu nima bilan bog'liq ekanligi bo'yicha nimadir deya olmayman. Har bir klubda muammolar bo'ldi, balki bizda qolganlarga nisbatan ko'proq bo'lgandir bu narsa. Biz shunga qaramay, shu ergacha etib keldik. Har bir futbolchi xarakterini namoyish etdi. Qattiq mehnat va ishga fidoyilik, ishonch sabab shunga erishdik. 

Jamoada 7 yoki 8 nafar futbolchida jarohat bo'lsa o'zinga savol berasan. Ammo biz o'zimizga ishonamiz. Murabbiy sifatida havotir olaman, chunki futbolchilarim doim sog'lom va yaxshi formada bo'lishlarini istayman. 

Ulardan biri jarohat olib qolsa bu albatta meni xursand qilmaydi. Ammo biz yaxshi kayfiyat bilan oldinga intilishimiz kerak. Muammolar bor joyda doimo echim bo'ladi va biz muntazam ravishda echim topishga harakat qilamiz", - dedi Zidan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: