SportUz.Net
photo photo

Eshitdik-da! CHeran O'zbekiston MTJ safida o'ynaydi

29.04.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi iyun oyida Saudiya Arabistonida JCH-2022 saralashidagi uchta uchrashuvni o'tkazadi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Paxtakor" yarim himoyachisi Dragan CHeran O'zbekiston fuqaroligini olishga yaqin va terma jamoada o'ynash huquqiga ega bo'ladi. Biroq iyun oyidagi saralashda Dragan CHeran O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qila olmaydi.

Sababi serbiyalik Dragan CHeran 2016 yil iyul oyida Qarshining "Nasaf" klubiga kelgan. Qonunchilikka ko'ra, yurtimizda 5 yil muqim yashagan inson fuqarolikni olish huquqiga ega. Agar Saudiya Arabistonidagi saralash bahslari 15 kun keyin boshlanganida CHeran bemalol terma jamoamiz safida maydonga tusha olardi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: