Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Paxtakor" yarim himoyachisi Dragan CHeran O'zbekiston fuqaroligini olishga yaqin va terma jamoada o'ynash huquqiga ega bo'ladi. Biroq iyun oyidagi saralashda Dragan CHeran O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qila olmaydi.
Sababi serbiyalik Dragan CHeran 2016 yil iyul oyida Qarshining "Nasaf" klubiga kelgan. Qonunchilikka ko'ra, yurtimizda 5 yil muqim yashagan inson fuqarolikni olish huquqiga ega. Agar Saudiya Arabistonidagi saralash bahslari 15 kun keyin boshlanganida CHeran bemalol terma jamoamiz safida maydonga tusha olardi.
28 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)