SportUz.Net
photo photo

Van Basten Zieshga "CHelsi"dan ketishni maslahat berdi

27.04.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

Afsonaviy niderlandiyalik forvard Marko van Basten yarim himoyachi Xakim Zieshga Londonning "CHelsi" klubidan ketishni maslahat berdi.

"Xakim zaxira o'rindig'ida o'tiribdi. Uni maydonga tushirgan paytlari hujum chizig'ida o'ynamoqda. Albatta, Ziesh o'tkin hujumda o'ynay oladi, ammo bu uning ampulasi emas. Tomas Tuxelning o'zgarishi bu o'yinchiga mos kelmaydi. Uning o'rnida jamoadan ketgan bo'lardim", - deydi van Basten.

Marokashlik futbolchi "aristokratlar" safiga 2020 yilning yozida o'tdi. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Xakim joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: