SportUz.Net
photo photo

Eshli Yang sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

25.04.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Inter" himoyachisi Eshli Yang ushbu mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda.

35 yoshli futbolchini "Uotford" o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda. Yaqindagina ushbu klub APL yo'llanmasini naqd qilgandi.

Yang 2003-2007 yillar davomida "Uotford" tarkibida harakat qilgan. Keyinchalik "Aston Villa" hamda "Manchester Yunayted" tarkibida ham o'ynadi. Eshli ushbu mavsum 23 o'yinda 3 golli pas amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: