SportUz.Net
photo photo

Messi Floridadan qimmatbaho uy sotib oldi

25.04.2021 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Barselona” hujumchisi Lionel Messining oilasi Sanni-Ayls-Bich shahridagi (Florida, AQSH) qimmatbaho kvartiralardan birini xarid qildi, deya xabar bermoqda The Real Deal.

Xabarga ko'ra, shaharning Kollinz-avenyu kvartalidagi Regalia turar-joy majumasining butun boshli to'qqizinchi qavatini sotib oldi. Kvartirada to'rtta yotoqxona, to'rtta yuvinish xonasi va qo'shimchasiga 195 kvadrat metrdan iborat terassa o'rin olgangan.

Messi oila bundan ikki yarim yil yilgari aynan shu shaharning janubiy qismida joylashgan Porshe Design Tower majmuasidan 5 million dollarga uy-joy xarid qilgandi. Uy oldi sotdisi bilan bog'liq jarayonlarni futbolchining otasi Xorxe Messi amalga oshirgandi.

Forbes jurnalis 33 yoshli Messini 2020 yilning eng ko'p maosh oladigan sportchilari qatoriga kiritgan. U o'tgan yili 104 million dollar mablag' ishlab topgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: