Murabbiy dastlab jarohat olib maydonni tark etgan Vinisius Junior haqida gapirdi.
"Vinisius Junior tizzasidan shikastlandi. Havotirli hech narsa yo'q, bir necha kun ichida safga qaytsa kerak. U keyingi o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi va Ispaniya kubogi finalidan oldin tayyor bo'ladi.
Jamoa barchasi hal bo'ldi deb o'yinni to'xtatib qo'ygani meni jahlimni chiqardi. SHogirdlarim 3:0 va 4:1 hisobida oldinda borganida shunday bo'ldi, bu biz uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi kerak. Bosimni kamaytirsak gol o'tkazib yuboryapmiz", – dedi "Real" bosh murabbiyi DAZN telekanaliga.