SportUz.Net
photo photo

Rasmiy xabar: APLning barcha 6 klubi Superligadan chiqib ketdi

21.04.2021 09:50    


Rasmni yuklab olish

APL klublari birin-ketin Evropa Superligasida ishtirok etmasligini rasman malum qildi.

"Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Tottenxem" rasmiy bayonotni ommaga malum qildi.

Biroq yaqindagina "Brayton"ga qarshi o'yinni o'tkazgan "CHelsi" bir necha soatlar ichida bayonotni chop etishi kutilmoqda.

Bunga muxlislarning keskin noroziliklari sabab bo'lgan.

Ammo Ispaniya klublari hozircha ligadan chiqib ketishini malum qilmagan.

"Sky Sports" malumotiga ko'ra, Superliga g'oyasi vaqtincha to'xtatiladi va bu keyinchalik UEFA bilan birga kelishgan holda o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: