SportUz.Net
photo photo

Simeone Dibalani "Atletiko"da ko'rmoqchi

23.03.2023 13:23    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" yozgi transfer oynasida "Roma" hujumchisi Paulo Dibalani safiga qo'shib olmoqchi.

Aytishlaricha, Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone argentinalik futbolchini chindan ham o'z jamoasida ko'rish istagida. Futbolchining rimliklar bilan shartnomasida xorij klublari uchun 12 million miqdordagi tovon puli ko'rsatilgan. 

Manbaga ko'ra, "Atletiko" rahbariyati allaqachon hujumchining agentiga taklif jo'natib, kerakli to'lovni to'lashga tayyorligini bildirgan. "Matraschilar" o'tgan yozda futbolchining "Yuventus" bilan kelishuvi tugashi bilanoq, Dibalani qo'lga kiritmoqchi bo'lgandi, ammo keyin u "Roma"ga o'tishni maqul ko'rdi. 

Malumot uchun, Paulo joriy mavsum "sariq-qizillar" safida 29 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: