SportUz.Net
photo photo

Ronaldu yangi rekord ostonasida: "Rekordlarni yaxshi ko'raman, menda ular ko'p"

23.03.2023 09:23    


Rasmni yuklab olish

"Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoalardagi o'yinlar soni bo'yicha rekordni yangilashi mumkin.

Hozirda portugaliyalik futbolchi terma jamoa miqyosida 196 ta o'yin o'tkazgan. Quvaytlik Badir al Mutva hisobida ham shuncha o'yin bor. 

Bugun Portugaliya terma jamoasi Evro-2024 saralashi doirasida Lixtenshteynga qarshi o'ynaydi. Ronaldu agar bugun maydonga tushsa, bu borada yaqqol rekordchiga aylanib oladi. 

"Rekordlar doimo yaxshi. Bu mening motivaciyam. Rekordlarni yangilashni yaxshi ko'raman. Menda ular ko'p. Bu safargisi esa maxsus. Tan olaman, o'z natijalarim bilan g'ururlanaman. 

Men terma jamoadagi o'yinlar soni bo'yicha rekordchi bo'lishni, shuningdek bu rekordni oshirishni istayman. Agar menga imkoniyat berishsa, men doimo tayyorman", - dedi Ronaldu.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: