SportUz.Net
photo photo

Vladimir Nazarov: "Haydarov va Boshkovich "Bunyodkor"dan ketgach tavakkal qilishni istamadim"

29.01.2023 10:46    


Rasmni yuklab olish

"Neftchi" O'zbekiston olimpiya terma jamoasi darvozaboni Vladimir Nazarov bilan shartnoma imzolaganini bilasiz.

Kiper dastlab yangi mavsumga "Bunyodkor" bilan tayyorgarlik ko'rayotgan, klub bilan shartnoma ham imzolagandi. Ammo rahbariyat va murabbiylar shtabi o'zgarishi ortidan u ham ketishga qaror qildi. Ko'p vaqt o'tmay farg'onaliklar safiga kelib qo'shildi. 

 RASMAN! Vladimir Nazarov — "Neftchi" futbolchisi!


"Bunyodkor"dan ketishim kutilmaganda ro'y berdi. Menda rahbariyat bilan kelishuvim bor edi. Ular o'z o'rnida qolsa men ham qolardim. Ammo Aziz Haydarov ishlan ketdi, keyin esa Ivan Boshkovich. Natijada tavakkal qilgim kelmadi. Bu erda gap klubga ishonmaganimda emas. SHunchaki kelishuv borligi sabab tark etdim. Jamoa ancha yaxshi. Futbolchilar ham yomon emas. 

"Neftchi"dan taklif tushdi, o'ylab o'tirmay rozi bo'ldim. Tezda Turkiyadagi mashg'ulotlarga etib keldim. Jamoa ajoyib, meni yaxshi kutib olishdi. Xudo xohlasa yangi mavsumda o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman. Oldinda 6ta o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Imkoniyat berilsa foydalanishga tayyorman. Tezroq mavsum boshlanishini kutyapman. 

 Olimpiya terma jamoasida kim yaxshi bo'lsa o'sha o'ynaydi. Bu borada muammo ko'rmayapman. Ishlashda davom etamiz. Maqsad Parij olimpiyadasiga yo'llanma olish",- deydi Vladimir Nazarov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: