SportUz.Net

"CHelsi" transferlar oynasi yakuniga qadar yana ikki futbolchi sotib olmoqchi

25.01.2023 07:23    


Rasmni yuklab olish

"CHelsi" "Everton"ning bir yo'la ikki futbolchisini tarkibga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, ayni damda London klubi Entoni Gordon hamda Amadu Onana kabi futbolchilariga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq klub ularni kelasi yozda tarkibga qo'shib olishni reja qilgandi. Ammo rejalar o'zgarib, futbolchilar bilan qishdayoq shartnoma imzolashmoqchi.

"CHelsi" Gordon bilan shartnoma imzolab, uni "Everton"ga mavsum yakuniga qadar ijaraga beradi. "Lill"dan 34 mln evro evaziga "irislar"ga ko'chib o'tgan 21 yoshli Onana esa ijara asosida yozgacha "aristokratlar" tarkibida o'ynaydi.

"Everton" ancha vaqtdan buyon "CHelsi" futbolchisi Hakim Zieshning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "CHelsi" ushbu ikki futbolchining transferi uchun Zieshni berishga tayyor turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: