"Qaymoqranglilar" braziliyalik futbolchini o'z saflarida saqlab qolishmoqchi, ammo Militaoning o'zi iyulda boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqishga tayyor. Himoyachini klubdagi o'rni qoniqtirmayapti, u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi.
"Real" rahbariyati hali ham Ederning kelajakda klubning muhim o'yinchilaridan bo'lishiga ishonchi komil.
23 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Real" libosida barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Militaoning ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi
UFC prezidenti Xabib - Makgregor jangiga tenglashadigan qarama-qarshilik qaysi ekanligini aytdi