SportUz.Net
photo photo

JCH finali Messi uchun so'nggisi bo'ladimi? Leo bu savolga javob berdi

14.12.2022 18:23    


Rasmni yuklab olish

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining aytishicha, Qatarda bo'lib o'tayotgan mundialning final o'yini u uchun oxirgisi bo'ladi.

"Men bunga erishganimdan juda xursandman. Men Jahon chempionatlaridagi ishtirokimni finaldagi so'nggi o'yinimni o'tkazish orqali yakunlayman", – dedi Messi.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasining Qatarda davom etayotgan JCH-2022 finalidagi raqibi bugun, 14 dekabr (Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi) kuni bo'lib o'tadigan Marokash - Franciya uchrashuvida aniqlanadi. 

Agar Messi finalda ishtirok etsa, Jahon chempionatlarida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha barcha futbolchilar orasida birinchi o'ringa chiqadi. Hozir u germaniyalik Lotar Matteus bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi (har biri 25 tadan o'yin). Messi uchun Qatardagi musobaqa faoliyatidagi beshinchi turnir bo'ldi.

Jahon chempionati finali 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi. U Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: