
So'nggi paytlarda portugaliyalik forvard muntazam ravishda tanqidlarga uchramoqda, Portugaliya terma jamoasi esa kechagina jahon chempionati bilan xayrlashdi.
“Krishtianu tarixdagi eng buyuk sportchilardan biri ekanligi haqidagi haqiqatni hech kim inkor eta olmaydi. Uni doimo hurmat qilish kerak. 16-17 yil cho'qqida bo'lish ko'p narsani fido qilish demakdir”, — deb yozdi CHalxanoglu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni Portugaliya terma jamoasi jahon chempionati chorak finalida kutilmaganda Marokashga mag'lub bo'lgandi (0:1). Final hushtagidan so'ng Krishtianu Ronaldu ko'z yoshlarini tiya olmadi.

"Bu unga cho'qqida qolish imkonini berdi" - Sobiq UFC chempioni Xabibning ustunligi sirini aytdi
Iliya Topuriya: "Men Maddalena emasman. Maxachevni o'ng qo'lim bilan ursam, uyquga ketadi"