Hamyurtimiz "Yuventus" ko'zlayotgan hujumchilardan biridir, "keksa sinora" endi unga ko'proq to'lashiga to'g'ri keladi. Turin klubi yana bir hujumchini xarid qilishni juda ham xohlamoqda, sababi jamoada markaziy hujumchi faqatgina Alvaro Moratadir.
Klub yanvar oyidagi transfer oynasida SHomurodov va bir necha hujumchilar variantini o'rgangan edi. Calciomercato nashri "Yuve" hali ham SHomurodovni o'z tarkibiga jalb qilishni xohlayotgani, ammo uning hozirgi narxi 7,5 mln evrodan 15 mln evroga oshgani haqida yozmoqda.
25 yoshli SHomurodov A Seriya doirasidagi 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi. Qayd etish kerakki, bugun "Yuventus" - "Jenoa" o'yini bo'lib o'tadi.
"U diqqat markazda bo'lishni va boshqalar ustidan hukmronlik qilishni istaydi" - CHendler
APLda eng ko'p seyv qilgan darvozabon malum. Uning jamoasi eng kam gol o'tkazib yubordi