SportUz.Net
photo photo

Dunyoning eng qimmat darvozaboni "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

10.04.2021 15:50    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli darvozabonga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" Oblakni David de Xeaning ehtimoliy ketishi sabab o'z tarkiblariga jalb qilishni xohlamoqda. Ammo Oblak Evropa Ligasi ishtirokchisi safiga o'tadimi yoki yo'q, bunisi malum emas.

Yan "Atletiko" sharafini 2014 yildan beri himoya qiladi. Posbon joriy mavsum La Liga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 19ta to'p (Ispaniya chempionatidagi eng yaxshi ko'rsatkich) olib chiqdi.

Takidlash kerakki, David de Xea ham "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U MYUga 2011 yilda o'tgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: