Lionel Messi uchrashuvda penaltidan foydalana olmadi va mazkur vaziyatda Voycex SHesni qahramonga aylandi. 35 yoshli forvard Saudiya Arabistoni bilan o'yinda (1:2) ham 11 metrlik nuqtadan zarba berish imkoniga ega bo'lib, bundan unumli foydalana olgandi.
Messi JCHda uchinchi bor penalti tepish imkoniga ega bo'lib, ulardan ikkitasini “ko'kka sovurdi”. U bu borada ganalik Asamoa Gyanning antirekordini takrorladi. Gyan o'z navbatida 4 ta penaltining 2 tasidan foydalana olmagan. Bu kabi statistika 1966 yildan beri hisoblab kelinadi.
Kanelo: "Faoliyatimda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'ldim"