SportUz.Net
photo photo

Beyl – 1958 yildan keyin Uels terma jamoasining ilk goli muallifi!

22.11.2022 12:23    


Rasmni yuklab olish

Garet Beyl Uels termasining 1958 yildan buyon Jahon chempionatidagi birinchi golini urdi.

JCH-2022 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan AQSH termasiga qarshi o'yinda (1:1) Garet Beyl 82-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.

Uning goli Uels terma jamoasining mundialda 64 yil ichidagi birinchi goli bo'ldi. Bugungi kunga qadar so'nggi gol muallifi 1958 yilgi Jahon chempionatida Vengriya darvozasiga to'p kiritgan Terri Meduin bo'lib turgandi.

2022 yilgi JCHgacha mundialda Uelsga gol urgan oxirgi futbolchi braziliyalik Pele edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: