"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" yanvar oyida ikki futbolchini transfer qiladi. Ushbu ro'yxatga himoyachi Daniele Rugani (rasmda) va yarim himoyachi Ueston Makkenni kiritilgan.
"Byankoneri" kelajakda yangi o'yinchilarni qo'lga kiritish uchun maosh to'lovlarini tushirishi kerak. SHu munosabat bilan turinliklar yuqorida tilga olingan ikki futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Oldinroq "Yuventus" "Everton" forvardini sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Golovkin Qozog'iston boks terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida qanday fikrda?