"Bir yarim yil avval Zidan "Real"ni tark etganida, Franciya terma jamoasi taklifini kutib, hech qaysi klubda murabbiylik qilmasligini aytgandi.
Bugun kutish tugadi: Jahon chempionatidan keyin Franciyani Zinedin Zidan boshqaradi", – deb yozdi jurnalist Serxio Valentin Twitter'da.
Zidan 1994 yildan 2006 yilgacha Franciya terma jamoasida 108 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urgan. Terma jamoa tarkibida yarim himoyachi 1998 yilda Jahon chempioni va 2000 yilda Evropa chempioniga aylangan.
Zidan bosh murabbiy sifatida "Real" bilan uch marta CHempionlar Ligasini yutgan, ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan.
Mutaxassisning Madrid klubini tark etishi 2021 yilning 27 mayida malum bo'lgan edi. O'shandan beri Zidan murabbiylikka qaytmadi.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi