SportUz.Net
photo photo

"Yuventus" va "Roma" Italiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurash olib boradi

31.10.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

A Seriyaning ikki grandi "Sassuolo" yarim himoyachisi Davide Fratteziga davogarlik qilmoqda.

23 yoshli futbolchiga qiziqish anchadan beri mavjud edi, biroq o'tgan mavsumda yarim himoyachi "Sassuolo" bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan, bu esa transfer bozoridagi uning shaxsi atrofidagi shovqinni biroz yumshatgandi. 

Xabarga ko'ra, "Yuventus" endi Frattezi uchun taxminan 30 million evro taklif qilishga tayyor, "Roma" ham Italiya terma jamoasining yangi debyutantiga davo qilmoqda. 

Davide Frattezi joriy mavsum "Sassuolo" safida 13 ta o'yinda 4 ta gol urdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: