"Barselona" rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbol tarixidagi eng sovrindor futbolchi Meksika chempionatida mavsum yakunlanganidan keyin "ko'k-anorranglilar" o'rinbosarlari jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Dani "UNAM Pumas" jamoasi futbolchisi bo'lib, joriy mavsumni 1 oktyabr kuni yakunlagandi.
Mish-mishlarga ko'ra, Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi faxriy o'yinchini Qatardagi mundial uchun ro'yxatga kiritishni rejalashtirmayapti.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Braziliya "G" guruhida Serbiya, SHveycariya va Kamerun bilan bellashadi.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi