"Barselona" Luis Enrikega bosh murabbiylik o'rnini taklif qilishi mumkin, deb xabar berdi "El Nacional". U Qatardagi Jahon chempionatidan keyin Ispaniya terma jamoasini tark etadi. "Barselona"dagilar jamoa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini deyarli yo'qotib bo'lgan va "El Klasiko"da "Real"ga yutqazgan Xaviga ishonishmayapti.
Luis Enrike 2014 yildan 2017 yilgacha "Barselona"ni boshqargan. Uning asosiy yutuqlari - uchta Ispaniya chempioni unvoni va 2015 yilgi CHempionlar Ligasidagi g'alaba.