SportUz.Net
photo photo

"Barselona" "Napoli" futbolchisini kuzatib bormoqda

18.10.2022 12:25    


Rasmni yuklab olish

Kataloniya klubi "Napoli" yarim himoyachisi Stanislav Lobotkaning holatini diqqat bilan o'rganmoqda.

Clovakiyalik futbolchi jamoa ustozi Luchano Spalletti qo'l ostida muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatmoqda. Biroq uning Neapol klubi bilan amaldagi bitimi 2025 yil yozning eng qizg'in pallasida yakuniga etadi. 

Xavi Ernandes 27 yoshli maydon markazi vakilini o'z tarkibida ko'rishni istayapti. Bu kelishuv amalga oshishida mutaxassisning ishonchi katta rol tutadi, deyiladi manbaning xabarida.

Stanislav Lobotka joriy mavsum Italiya klubi tarkibida mamlakat A Seriyasi va Evropa CHempionlar Ligasi doirasida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta  assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: