SportUz.Net

Laporta "Real" bilan o'yindan so'ng hakamlar xonasiga kirib, bazi holatlarga oydinlik kiritishni talab qildi

17.10.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" prezidenti Joan Laporta La Liga 9-turi doirasidagi "Real"ga qarshi uchrashuvdan (1:3) so'ng hakamlar xonasiga kirdi.

Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.

"Uchrashuv yakunlanib, hakamlar brigadasi kiyinish xonasida bo'lgan paytda "Barselona" prezidenti Joan Laporta xonaga kirib, o'yin davomidagi ayrim vaziyatlarga oydinlik kiritishni qayta-qayta so'radi. SHu munosabat bilan undan hakamlar xonasidan ketishi so'raldi, boshqa hech qanday hodisa sodir bo'lmadi", – deyiladi referi Xose Mariya Sanches Martines hisobotida.

Manbaga ko'ra, Laporta 75-daqiqada hujumchi Robert Levandovski yiqilganidan so'ng penalti belgilanmagani, shuningdek, 90-daqiqada Erik Garsiya Rodrigoga nisbatan qo'pollik ishlatilgach, 11 metrlik qoidabuzarlik tufayli penalti belgilanganidan norozi bo'lgan.

"Barselona" 9 o'yinda 22 ochko to'plab, ikkinchi o'rinda bormoqda, kataloniyaliklar La Liganing joriy mavsumida ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: