SportUz.Net

Grizmann 2019 yili "Barselona"ga o'tib ketgani uchun muxlislardan uzr so'radi

16.10.2022 17:50    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann 2019 yili "Barselona"ga o'tganidan afsusda ekanligini aytdi.

"Kechirim so'rayman. Odamlar meni eshitishni istayotganini bilaman. Odamlarga o'sha og'riqni berganim uchun uzr so'rayman. Endi buyog'iga kechagi kabi bor kuchim bilan jamoamga yordam berishga harakat qilaman. Biz to'g'ri yo'ldamiz", - dedi Grizmann.

Antuan 2014-2019 yillar davomida "Atletiko"da o'ynab, 2019 yili 120 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: