Edinson Kavani uchrashuvda dublga erishdi. 35 yoshli forvard XXI asrda top-5 ligalarida gol urgan 5-janubiy amerikalik futbolchi sifatida qayd etildi. Avvalroq, bunday natijaga Aleksis Sanches, Xames Rodriges, Filippe Koutino hamda Anxel Di Mariya erishgan.
Eslatib o'tamiz, urugvaylik hujumchi Italiyada “Palermo”, “Napoli”, Franciyada PSJ hamda Angliyada “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Professional faoliyatini esa 2007 yil vatanida “Danubio” jamoasida boshlagan.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"