SportUz.Net

Futzal. Eronni mag'lub etgan Yaponiya - Osiyo chempioni!

09.10.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

Quvaytda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Finalda Eron hamda Yaponiya termalari o'zaro kuch sinashdi. Turnirni Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyat bilan boshlagan yaponlar hal qiluvchi bahsda Eronni mag'lub etib, musobaqa bosh sovriniga ega chiqishdi - 3:2.

SHu tariqa Yaponiya terma jamoasi Osiyoning 4 karra chempioniga aylandi. Bunga qadar "samuraylar" 2006, 2012 va 2014 yillarda qita chempionligini qo'lga kiritgandi.

Eron - Yaponiya 2:3

Gollar: S.Ahmad Abbasi 14, A.Javan 39 - SHimizu 15, A.Oliveyra 26, S.Ahmad Abbasi (avt.) 39

Eron - Said Momeni, Hussayn Tayebibidgoli, Salar Agapur, Muslim Oladgobad, Muhammadhussayn Derakshani.

Zaxiradagilar: Sina Parkas, Said Ahmad Abbosi, Baxman Jafari, Alirizo Rafipur, Maxdi Asadshir, Muhammadhussayn Bazyar, Alirizo SHakxali, Mahdi Karimi, Xamza Husaynabadi.

Yaponiya - Kuromoto Gilerme, Soma Mizutani, Artur Oliveyra, Tomoki Yoshikava, Xirata Neto.

Zaxiradagilar: Xigor Pires, Kentaro Ishida, Sora Kanazava, Atsuya Uemura, Vinisius CHrepaldifrankodoamaral, SHimicu Kazuya, Xarado Kokoro, Takumi Nagasaka, SHunta Uchimura.

Ogohlantirish:  Tomoki Yoshikava (10), Alirizo SHakxali (13), Takumi Nagasaka (15), Alirizo Rafipur (27), Artur Oliveyra(30), Said Ahmad Abbosi (34).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: