SportUz.Net

JCH-2022. O'zbekiston amputantlar terma jamoasi 1/2 finalda Turkiya bilan o'ynadi

08.10.2022 07:25    


Rasmni yuklab olish

Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputant futbolchilar o'rtasidagi 17-jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Jahon chempionatining yarim final o'yinida hamyurtlarimiz Turkiya terma jamoasiga kichik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi. Birinchi bo'limda kiritilgan gol mezbonlarni finalga olib chiqqan. 

Endi O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rin uchun o'yinda Gaiti termasiga qarshi maydonga chiqadi. Bronza medali uchun kechadigan ushbu uchrashuv 9 oktyabr kuni o'tkaziladi.

Turkiya - O'zbekiston 1:0

JCH-2022'dagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi tarkibi: 1. Qudrat To'raxo'jaev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug'bek Toshpo'latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil SHukurov (ham hujum ham himoyada o'ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni).

Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: