SportUz.Net
photo photo

ECHL. 3-turning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar elon qilindi

06.10.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

UEFA CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turining eng muvaffaqiyatli o'yinchisi nomini qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan nomlar malum bo'ldi.

"Borussiya" Dortmund xavbeki Jud Bellingem "Sevilya"ga qarshi kechgan bahsda (4:1) 1 ta gol urdi va 1 ta asist qayd etdi. 

"Yuventus" vingeri Anxel di Mariya "Makkabi" Xayfa bilan o'yinda (3:1) jamoadoshlari tomonidan kiritilgan barcha uch golga hammualliflik qildi.

"Napoli" himoyachisi Jovanni Di Lorenco "Ayaks"ga qarshi o'yinda (6:1) 1 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi va 7 marta raqibni to'psiz qoldirishning uddasidan chiqdi.

"Leypcig" hujumchisi Andre Silva "Seltik" darvozasiga 2 ta to'p kiritdi va jamoasining 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

Yuqoridagi futbolchilardan biri eng yaxshi bo'lish uchun tanlab olinadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: