
Kolumbiya TJ “B” kvartetida 3-o'rinni egallab, 1/8 finalda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi to'qnash keladigan bo'ldi.
Kolumbiyaliklarning guruh o'yinlaridagi natijalari:
Meksika – Kolumbiya 1:1
Yaponiya – Kolumbiya 3:1
Kolumbiya – Germaniya 3:0
O'zbekiston – Kolumbiya o'rtasidagi bahs g'olibiga chorak finalda Eron hamda Italiya juftligida muvaffaqiyatga erishgan jamoa raqiblik qiladi. Rustam Mehmonov shogirdlari bungacha Eron bilan JCH saralashida to'qnash kelib, 0:1 hisobida yutqazgandi. Forslar o'z navbatida Braziliya, Marokash hamda Irlandiya joy olgan guruhda 7 ochko bilan birinchi bo'ldi, italiyaliklar esa “F” kvartetida amaldagi chempion Angoladan keyin ikkinchi o'rinni band etdi.
Eslatib o'tamiz, 1/8 final uchrashuvlari 5 oktyabrda bo'lib o'tadi. O'zbekiston ketma-ket uch marta 2007, 2010, 2012 jahon chempioni (rekord) bo'lgan, shuningdek, 1990, 1991 yillarda ham titul sohibiga aylangan.

UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"