"CHelsi" Kristofer Nkunku bilan qancha muddatga shartnoma tuzmoqchi ekanligi malum bo'ldi.
Jurnalist Nikolo SHiraning xabar berishicha, "Leypcig" va Franciya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi 2028 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekadi.
Manbaga ko'ra, "CHelsi" yaqin haftalarda Germaniya klubi bilan Nkunkani 2023 yilning yozida sotib olish bo'yicha kelishuvga erishmoqchi. Avvalroq hujumchi "aristokratlar" bilan shaxsiy kelishuvga erishgani aytilgan edi.
Nkunku iyun oyida "Leypcig" bilan kelishuvini 2026 yilgacha uzaytirdi, uning tovon puli 60 million evro etib belgilangan.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi