Ayni damda Qatar mamlakati jahon chempionati uchun tayyorgarlikni davom ettirayotgani sababli uchrashuvlar teletranslyaciya qilinmayapti. Boz ustiga uchrashuvlar mashg'ulot maydonlarida o'tmoqda.
JCH sababli barcha stadionlar klublardan olib qo'yilgan. Masalan, "Al Arabi" klubi stadioni Braziliya termasining qarorgohiga aylantirilgan bo'lsa, "Al Sadd" stadioni Franciya termasiga berilgan.
Ayni damda "Umm Salal" jamoasi Qatar kubogi A guruhida 3 o'yindan keyin 100 foizlik natija ko'rsatib, peshqadamlik qilmoqda.