
"Adana Demirspor" bosh murabbiyi Vinchenco Montella hujumchi Mario Balotelli nega Turkiya klubidan ketganini aytib berdi.
"Mario o'tgan mavsumda katta hissa qo'shdi. Biz uning formaga qaytishi va terma jamoaga chaqirilishiga yordam berdik. Yozda u uyga yaqinroq bo'lishni xohladi. "Son"ning taklifi barcha tomonlarni qoniqtirdi, shuning uchun u bilan xayrlashdik. Marioga omad tilayman", – dedi mutaxassis.
Balotelli o'tgan yozda "Demirspor"dan "Son"ga o'tgandi. Transfer summasi 2,6 million evroni tashkil qildi.
UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"