Manbaga ko'ra, ushbu o'yinchi "Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingemdir. "Qirollik klubi" angliyalik yosh iqtidor egasi bilan aloqaga chiqqan va amaldagi jamoasi bilan shartnoma muddatini uzaytirmasligini so'ragan. Bellingem ham bunga rozi bo'lgan. U "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Real" variantlari orasidan aynan Madrid klubini tanlagan.
Bellingemning nemis klubi bilan tuzgan bitimi 2025 yil iyul oyiga qadar amalda bo'ladi. "Transfermarkt" portali yarim himoyachining narxini 90 mln evroga baholamoqda. Avvalroq, "Borussiya" uni 150 mln dan kamiga sotmasligini malum qilgan edi.
"Boshqa aziyat chekishni istamadim". Topuriya engil vaznga o'tish sababini ochiqladi