Bu haqda Kataloniya mediasining turli manbalari bong urmoqda. 23 yoshli Subimendining "Anoeta"dagi shartnomasi 2025 yilga qadar o'z kuchida bo'ladi. Futbolchining tovon puli 60 mln evroni tashkil etadi. "Sosedad" bu summani kattalashtirish niyatida.
Martin terma jamoalar o'rtasidagi xalqaro o'yinlar nihoyasiga etgach, klubdagi 100-o'yinini o'tkazishga yaqin turibdi. Luis Enrikening eng oxirgi tarkibiga jalb etilmaganiga qaramay, futbolchi allaqachon Ispaniya termasi libosida bitta o'yin o'tkazgan.
"Barselona" Busketsdan keyingi hayotga hozirlik ko'rmoqda. 34 yoshli tayanch yarim himochisining Kataloniya klubi bilan bitimi kelayotgan yozda tugaydi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"