"Barselona" o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Gavi bilan kelishuv uzaytirilgani haqida malumot berdi. Tomonlar 2026 yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolashdi. Futbolchining tovon puli miqdori 1 milliard evroni tashkil qiladi.
Gavi "Barselona" safida 2015 yildan buyon to'p tepadi. SHu kungacha 18 yoshli yarim himoyachi kataloniyaliklar safida 54 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"