SportUz.Net
photo photo

A Seriya. SHomurodovning "Roma"sida qiyin g'alaba

13.09.2022 06:25    


Rasmni yuklab olish

Italiya A Seriyasining 6-turi doirasida "Roma" klubi safarda "Empoli"ni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda hamyurtimiz maydonga tushirilmadi. Ushbu o'yin bilan A Seriyada 6-turga yakun yasaldi. "Roma" g'alabasi evaziga 13 ochko bilan 5-o'ringa ko'tarilib oldi. To'rtinchi pog'onadagi "Udineze" hisobida ham 13 ochko bor. 

Kuchli uchlikdan joy olgan "Napoli", "Atalanta" va amaldagi chempion "Milan" klublari bir xil - 14 ochkodan jamg'arishgan.  

Empoli – Roma 1:2

"Karlo Kastellani" stadioni

Gollar: 0:1 – 17 Dibala, 1:1 – 43 Bandinelli, 1:2 – 71 Abraxam.

Empoli – Vikario, Stoyanovich, Luperto, Ismayli, Parizi (Kakache, 52), Marin (Kambyagi, 82), Xaas (Akpa-Akpro, 63), Bandinelli, Pyaca (Bayrami, 63), Lammers (Grassi, 82), Satriano.

Roma – Ruy Patrisiu, CHelik, Smolling, Manchini, Rojer, Spinaccola (Vinya, 90), Matich, Kristante, Pellegrini (Kamara, 90), Dibala (Bove, 81), Abraxam (Belotti, 81).

Ogohlantirishlar: Parizi (27), Ismayli (60), Akpa-Akpro (65), CHelik (89).

CHetlatish: Akpa-Akpro (87).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: