SportUz.Net
photo photo

Saudiya Arabistoni, Misr va Greciya birgalikda 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi

09.09.2022 19:50    


Rasmni yuklab olish

Agar ular tanlansa, turnir yana qishda o'tkaziladi.

Saudiya Arabistoni, Misr va Greciya 2030 yilgi Jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qilish istagida. 

Agar ushbu ariza qanoatlantirilsa, turnir shu yilgi Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati singari qishda bo'lib o'tadi.

"The Times" nashri o'z manbalariga tayanib yozishicha, bir necha hafta ichida Saudiya Arabistoni, Misr va Greciyaning musobaqa mezbonligi uchun qo'shma arizasi rasman elon qilinadi. Ushbu qarora hukumat darajasidagi muzokaralardan so'ng qabul qilingan.

Agar bu davlatlar 2030 yilgi Jahon chempionatini o'tkazish huquqini qo'lga kiritishsa, Saudiya Arabistoni Misr va Greciyada infratuzilmani tayyorlash xarajatlarining bir qismini o'z zimmasiga oladi.

Qayd etilishicha, ushbu so'rov Ispaniya va Portugaliyaning qo'shma arizasiga jiddiy raqobatchi bo'ladi va bu ariza UEFA tomonidan qo'llab-quvvatlanadi, chunki Saudiya Arabistoni, Misr va Greciya uch xil konfederaciyadan.  Ushbu ariza Osiyo, Afrika va ayrim Evropa davlatlari tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kutilmoqda.

Ehtimol, yana bir qishki Jahon chempionatiga Evropaning top-ligalari vakillari qarshi chiqishadi, chunki ular turnir sababli mavsumni bir oydan ko'proq vaqtga to'xtatishiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2030 mezbonligi uchun Janubiy Amerikaning to'rtta davlati – Urugvay, Argentina, CHili va Paragvay ariza topshirgan.

ham JCH-2030 mezbonligi uchun ariza topshirgan.

"The Times"ning alohida urg'u berishicha, FIFA rahbari Janni Infantino so'nggi haftalarda Saudiya Arabistoni, Misr va Greciya vakillari bilan uchrashgan, biroq FIFA manbalari u biron bir aniq taklifni qo'llab-quvvatlamasligini aytgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: