SportUz.Net

Tuxelni bo'shatish "CHelsi"ga 15 mln funtga tushdi

07.09.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

Londonning "CHelsi" klubi kutilmaganda bosh murabbiy Tomas Tuxelni o'z vazifasidan ozod etdi.

Manbaga ko'ra, Tuxelga qo'shib uning murabbiylar shtabi ham ishdan bo'shatiladi. Tuxel Premer-ligadagi eng katta maosh to'lanuvchi mutaxassislardan biri bo'lgani uchun u jami 13 mln funt miqdoridagi tovon pulini oladi. Uning shtabiga to'lab beriladigan 2 mln bilan qo'shib hisoblansa, "CHelsi"dagi bo'shatishlar jamoaning amerikalik egalariga 15 mln funtga tushdi.

"Ko'klar" "Maksimir" stadionida Zagrebning "Dinamo"siga kichik hisobda (0:1) mag'lub bo'lgan uchrashuvda klub egalari Todd Boeli va Behdad Eg'bali uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilgan. Ular klub boshqaruvini qo'lga olganidan buyon oradan deyarli 100 kun o'tgan bo'lsa-da, jamoadagi muhit yomonligicha qolayotgani aytilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: