SportUz.Net

OFK Kubogi. Bugun "So'g'diyona" Gonkong jamoasini qabul qiladi

06.09.2022 07:50    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 6 sentyabr kuni Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi OFK Kubogining mintaqaviy yarim finali doirasida o'yin o'tkazadi.

Ushbu bahsda jamoamizga Gonkongning "Istern" jamoasi raqiblik qiladi. O'yin soat 18:00da "So'g'diyona" markaziy stadionida boshlanadi. O'yinni quvaytlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

OFK Kubogi. Mintaqaviy yarim final

Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 18:00

"So'g'diyona" (O'zbekiston) - "Istern" (Gonkong)

Boshlanish vaqti: 18:00

Hakamlar: Ahmad Alali, Abbos G'ulom, Yoqub Almutairi (barchasi Quvayt).

Zaxira hakami: Ali Reda (Livan)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: