MYU matbuot xizmati xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safida 21-raqam ostida to'p tepadi. Ungacha ushbu raqamda Ander Errera, Edinson Kavani va Deniel Jeyms o'ynagan.
Antonining transferi MYU rahbariyatiga 95 million evroga tushdi. U bilan uzoq muddatli – 2027 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan mehnat shartnomasi imzolangan.
"Manchester Yunayted"ning navbatdagi o'yini Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Uchrashuv yakshanba kuni "Old Trafford"da Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.