"Bu muhim g'alaba, chunki biz uch kun oldin "Monako"ga qarshi o'yinda ikki ochko yo'qotgandik. Bizda o'yinlar boshlandi va "Tuluza"ga qarshi bahs qiyin bo'lishini bilgandik. Bu ajoyib, tartibli jamoa. Biroq biz yaxshi harakat qildik va ko'plab golli vaziyatlar yaratdik.
Leo ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi, Neymar klub uchun 109-golini urdi, Kilian ham raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ushbu o'yinda ko'plab yoqimli vaziyatlar bo'ldi. Ha, uchrashuv boshida himoyada bazi muammolar bo'ldi, ammo biz o'zimizga kela oldik.
2:0 dan so'ng bazi futbolchilarni asrash uchun o'zgarishlar qildik. Formatni o'zgartirib, boshqa tizimga tushib olish uchun ham bir necha daqiqa ketdi, ammo biz shundan keyin yaxshi o'ynadik va uchrashuvni nazorat qildik. G'alabalar osonlikcha kelmaydi va men erishilgan yutuq bilan futbolchilarni tabriklamoqchiman", - dedi Galte.
"U diqqat markazda bo'lishni va boshqalar ustidan hukmronlik qilishni istaydi" - CHendler
APLda eng ko'p seyv qilgan darvozabon malum. Uning jamoasi eng kam gol o'tkazib yubordi